Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Beshariqda sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2021-10-18 17:40:03    218

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyat sudi raisi, Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi, maxalla va oilani qo‘llab quvatlash boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq Qabulxonasi mudiri tomonidan 2021 yil 05 iyul kuni tasdiqlangan “Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlarida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan maxallalar, tumanlarda profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabullarning rejasi ijrosi”ga asosan 2021 yil 16 oktabr kuni Beshariq tumanida bir qator targ‘ibot tadbirlari hamda sayyor qabullar o‘tkazildi.

Xususan, 2021 yil 16 oktabr kuni soat 09:00dan 11:00ga qadar Beshariq tumani X.Do‘stligi MFY binosida Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi S.Shokirov, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining raisi E.Ismoilov, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining sudyasi N.Salomovlar tomonidan alohida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Xususan, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi S.Shokirov tomonidan 3 nafar, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining raisi E.Ismoilov tomonidan 5 nafar huquqiy yordamga muxtoj fuqarolar, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining sudyasi N.Salomov tomonidan 7 nafar fuqarolar qabul qilidi.

Murojaatlaning 7 tasi qanoatlantirildi hamda 8 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.