Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi yuzasidan obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

×

 2021-11-22 17:15:49    411

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Sh.Mirziyoev raisligida 2021 yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi va bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt ko‘chatlarini ekish, shu orqali yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish belgilandi hamda 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov boshchiligida tuman sudining sudya va barcha xodimlari "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida, "dolzarb 40 kunlik" shiori ostida sud binosining atrof xududiga iqlim sharoitiga mos manzarali daraxt ko‘chatlari ekish va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.