Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

×

 2021-12-30 10:56:58    244

PDF yuklash
Chop etish


Korrupsiya barq urayotgan jamiyatda ozodlik uzoq vaqt hukm surishi mumkin emas.

Edmund Berk

 

Butun­ tarix­ davomida mamlakatlar o’z mustaqilligini boy berishiga nafaqat jangu jadallardagi mag’lubiyatlar balki amaldorlarning sot­qinligi, o’z manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo’ygani, ya’ni korrupsiya ham sabab bo’lgan. Demak, korrupsiya­ga qarshi kurashish ayni paytda mus­ta­qilligimizni mustahkamlash, vatanimizning ozod­li­gi va obodligini ta’minlash uchun ham hayotiy zaruratdir.

Yaqinda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha juda muhim ikki hujjat —  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun va Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi   kurashish to’g’risida”gi O’zbekis­ton Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori­ qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o’zining saylovoldi ma’ruzalaridan birida “bugungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz — mamlakatimiz rivojiga to’siq bo’layot­gan yovuz illat, ya’ni korrupsiya va uyushgan jinoyat­chilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini­ olish masalalarini samarali hal etishdan iborat” ekanini alohida ta’kidlagan edi.

Korrupsiya yuqorida keltirganimizdek, tarixiy muammo u bilan muntazam kurarshishni taqazo etadi.

“Korrupsiya” atamasining etimologik jihati xususida turli fikrlar mavjud. Keng ommalashgan birinchi fikr tarafdorlariga ko’ra, “korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so’zidan olingan bo’lib,
“pora evaziga og’dirish” degan ma’noni anglatadi.

Ayrim adabiyotlarda esa mazkur atama lotincha “corrumpere” (buzilish, aynish, tanazzul), boshqa adabiyotlarda lotincha “cor-rup­­tum” (singan, buzilgan) so’zidan kelib chiqqani va shaxsiy hamda korporativ foyda yo’lida jamoat manfaatlariga putur yetkazishni anglatishi qayd etilgan. Korrupsiyaga qarshi jiddiy va keskin kurash olib borishni vaziyatning o’zi taqozo etmoqda. Qaysi bir sohada rivojlanish, taraqqiyot ro’y bermayotgan ekan, uning asl sababi korrupsiyaga borib taqaladi.

O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunida korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: “korrupsiya — shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xudi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”.

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo’yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo’yilgan.

Xalqaro valyuta jam­g’ar­ma­sining hisob-kitob­la­riga ko’ra, korrupsiya tufayli­ jahon iqtisodiyo­ti yiliga o’rtacha 1,5-2 trillion AQSh dollar­i miqdorida zarar ko’radi.

Korrupsiya butun dunyoda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham unga qarshi murosasiz kurashish va uni oldini olishga qaratilgan normativ huquqiy-hujjatlarga barchamiz amal qilishimiz lozim va shartdir. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish tom ma’noda barchamizning burchimizdir.

 

Farg’ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi

Kasimov Jamolxon Odilovich