Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Prezidentni internetda haqoratlaganlik hamda ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

×

 2021-04-23 13:43:23    214

PDF yuklash
Chop etish


30.03.2021 yildagi «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi O`RQ-679-son Qonuni qabul qilindi. Unga ko`ra JKning 158- «O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish» moddasiga kiritilgan normaga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmog`idan foydalangan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidentini haqoratlash va unga tuhmat qilish:

3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

JKning 244-«Ommaviy tartibsizliklar» moddasiga kiritilgan normaga muvofiq ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo`ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun quyidagi jazo choralari qo`llaniladi:

100 BHMdan 300 BHMgacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Ushbu harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, OAVdan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmog`idan, shuningdek matnni ko`paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo`lsa:

300 BHMdan 400 BHMgacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

MJtK 2011-«Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida da’vat qilish» deb nomlangan modda bilan to`ldirildi. Respublikaning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAVdan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmog`idan, shuningdek matnni ko`paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish 60 BHMdan 80 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Shuningdek 11.12.2003 yildagi «Axborotlashtirish to`g`risida»gi O`RQ-560-II-son Qonunning 121-moddasiga (Hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog`ida tarqatish) o`zgartirishlar kiritildi. Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger  hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog`idagi o`z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan quyidagi maqsadlarda foydalanilishiga yo`l qo`ymasligi lozim:

ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo`ravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda o`tkaziladigan yig`ilishlar, mitinglarda, ko`cha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish;

jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg`on axborot tarqatish;

jamiyatga, davlatga davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;

pornografiyani, zo`ravonlikni va shafqatsizlikni tarqib qilish, shuningdek o`z joniga qasb qilishga da’vat etish;

fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va (yoki) sog`lig`iga yoxud o`zga shaxslarning hayotiga va (yoki) sog`lig`iga tahdid soluvchi g`ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish.

 

 

Farg`ona viloyat sudining  sudyasi                                            B.Ergashev

 

 

Jinoyat ishlari bo`yicha

Beshariq tuman sudining raisi                                                  F.Sobirov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating