Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O‘ZBERISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 25 MAY 2022 YILDAGI “AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI 258-SONLI QARORI

 2022-06-21 18:47:52    204

PDF yuklash
Chop etish


Ozbekisnon Respublikasi Prezidentining 25 may 2022 yildagi 258-sonli Qarorida Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan kam ta’minlangan bolali oilalarni aniq yo‘naltirilgan tarzda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod vakillari manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan, shu jumladan:

a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 300 ming so‘mdan;

Toshkent shahrida — 400 ming so‘mdan.

b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga — 200 ming so‘mdan.

Bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqorida korsatib otilgan Qarorning ijrosini ta’minlash yuzasidan budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi Beshariq tuman bolimi tomonidan:

- Budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi Beshariq tuman bolimi hisobida turuvchi  yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchi jami 27 880 nafar fuqarolarga 300 ming so‘mdan 8 532,6 mln so‘m bir martalik moddiy yordam nafaqalari tayinlandi.

- Bundan tashqari ushbi Qarorning ikkinchi bandida ko‘rsatilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga — 200 ming so‘mdan berilishi korsatib o‘tilgan. Tumanimiz bo‘yicha   jami 12 857 nafar fuqarolarga  5 985,8 mln so‘m bir martalik moddiy yordam nafaqalari tayinlanib ushbu mablag‘lar to‘liq moliyalashtirilganligi va bank plastik kartochkalari  orqali oluvchi fuqarolar bir martalik moddiy yordam nafaqalari to‘liq to‘langanligi va naqt pul shaklida oluvchi fuqarolarga Xalq banki sayyor kassalari orqali bir martalik moddiy yordam nafaqalari fuqarolarni yashash manzillari orqali ikki hafta muddatda to‘liq to‘lanishi ta’minlangan. 

 

 

Pensiya jamg‘armasi Beshariq tuman

bo‘lim bo‘shligi:                               F.J.Ivadullaev