Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FUQAROLAR VA TUMANIMIZ AHOLISI DIQQATIGA!!!

×

 2023-11-17 09:42:06    56

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanishi belgilangan.Joriy yilning 14-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasidagi chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 102 - sonli (XDFU) bayoniga asosan 2023-yilning 15-noyabridan e’tiboran Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 13-apreldagi 18-son yig‘ilishi bayonining 35-bandi bekor qilindi.Ma’lumot uchun: Respublika maxsus komissiyaning 2020-yil 13-apreldagi 18-son yig‘ilish bayoni 35-bandida Moliya vazirligining karantin davrida pensiya va nafaqa (jumladan, dafn marosimi va bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa)larga huquqi paydo bo‘lgan fuqarolarga, karantin tadbirlari tugagandan keyin bir oy davomida Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat etish huquqini tasdim etish, bunda ularga pensiya (nafaqa)lar karantin cheklovlari davridagi huquqi paydo bo‘lgansanadan tayinlash belgilangan.Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2023-yilning 15-dekabridan boshlab pensiya va nafaqalarni (shu jumladan, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa hamda dafn etish uchun nafaqa) tayinlash muddatlari an’anaviy tarzda, cheklovchi choralar (karantin) davrida belgilangan alohida tartiblar bekor qilgan holda amalga oshiriladi. Tumanimiz aholisidan pensiya va nafaqalar tayinlash uchun karantin cheklovlari bekor bo’lganligini hisobga olgan holda o’z vaqtida murojaat etishlarini so’raymiz. Qonunchilikda belgilangan 60 kunlik muddatni o’tkazib murojaat etgan shaxslarga pensiya va nafaqalar murojaat etgan kunidan boshlab tayinlanishini e’tiborga olishlarini va belgilangan muddatlarda ariza bilan murojaat etishlarini so’rab qolamiz.

Pensiya jamg’armasi Beshariq tuman bo’limi