Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

OILAVIY AJRIMLAR KAMAYADIMI?

×

 2020-01-09 18:54:43    341

PDF yuklash
Chop etish


      Marg’ilon shahrida mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni yoshlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo’yicha bergan ko’rsatmalari ijrosiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

    - Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, ajrashish arafasida turgan va ajrim qayd etilgan oilalarning muammolari bir-biriga o’xshamaydi. Ammo har biri o’z yechimiga ega. Shu boisdan ham bugun oilani saqlab qolishga keng jamoatchilikni jalb etish vaqti keldi,-deydi viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi Dilafruz Qosimova.–Bugungi seminarda biz an'anadan chetga chiqqan holda ajrim yoqasida turgan oilalarni alohida ajratilgan xonalarda sud va FXDYo organlari vakillari bilan yarashtiruv ishlarini olib borishni maqsad qildik.

       Seminarda so’z olganlar, oiladagi ajrimlarga sabab bo’layotgan  qaynona va kelin munosabatlari, kuyovning kelin tomondan ko’mak kutishi, kelinlarning ota uyiga “gap tashishi”,  telefon va ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar, yoshlarning fikrlashi  borasida mustaqil emasligi, diniy bilimi yetishmasligi kabi kamchiliklar xususida kuyinib gapirishdi.

Viloyat “Mahalla” jamg’armasi raisi Shavkatjon Ermatovning aytishicha, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, farzandlarini ta'lim va ish bilan ta'minlashda keng jamoatchilik, ko’pni ko’rgan nuroniylar ham jalb qilinishi lozim.

Seminarda viloyat hokimining o’rinbosari J.Xatamov ishtirok etdi va so’zga chiqdi.         

                                 Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.