Ma'muriy-hududiy tuzilishi
Beshariq tumanida 3 jamoa xoʻjaligi, 4 shirkatlar uyushmasi, 1 xoʻjaliklararo korxona, parrandachilik fabrikasi, 148 fermer xoʻjaligi va Qoʻqon oʻrmonchilik xoʻjaligining filiali bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,7 ming krramol, 32,5 ming qoʻy va echki. 54,4 ming parranda bor. Beshariq tumani gʻarbidan Toshkent—Qoʻqon temir yoʻli oʻtadi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi—Rapqon tuman markazidan 2 km. 1999/2000 oʻquv yilida 47 umumiy taʼlim maktabida 33,8 ming oʻquvchi, 2 litseyda 236 oʻquvchi taʼlim oldi. 9 kinoteatr, 46 ommaviy kutubxona, 24 klub, madaniyat uyi, muzey, 866 oʻrinli 5 kasalxona, poliklinika va 54 tibbiy punkti boʻlib, ularda 165 vrach, 654 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1932-yildan „Beshariq tongi“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2500).
Aholisi:
242.9
Maydoni:
780 kv.km
Tashkil topgan yil:
1926 yil
Rasmiy vebsayti:
beshariq.uz
Sanoatning asosiy tarmoqlari:
yoqilgʻi (neftni yengil qayta ishlash), sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari:
gʻallachilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, goʻsht-sut chorvachiligi, parrandachilik, pillachilik