Tuman hududidagi asosiy avtomobil yo‘llarida vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etiladi
Farg‘ona tumani hokimining farmoyishiga muvofiq, Ramazon oyi va Hayit namozi tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish maqsadida tuman hududidagi asosiy avtomobil yo‘llarida vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etiladi. Cheklovlar muddati: 📌 2025-yil 1-mart — soat 18:00 dan 23:00 gacha 📌 Hayit namozi kuni — soat 03:00 dan 09:00 gacha ✅ Cheklovlar tatbiq etiladigan hududlar: - “Xo‘ja Axmad Vale” masjidi (4R-148 avtomobil yo‘lining 91 km) - “Xazrat Ali” masjidi (4R-144 avtomobil yo‘lining 29 km) - “Yo‘ldosh xoji” masjidi (4N-855 avtomobil yo‘lining 2 km) - “Ohun hoji” masjidi (4R-205 avtomobil yo‘lining 20 km) - “Damko‘l” masjidi (4N-842 avtomobil yo‘lining 4 km) - “Hazrati Umar” masjidi (4R-205 avtomobil yo‘lining 16 km) - “Ermatboy” masjidi (4R-205 avtomobil yo‘lining 8 km) - “Mulla Mirzajon” masjidi (4K-846 avtomobil yo‘lining 12 km) - “To‘raxon hoji” masjidi (4R-148 avtomobil yo‘lining 72-73 km) - “Sirli” masjidi (4R-148 avtomobil yo‘lining 79-80 km) - “Qalbi chin ota” masjidi (4R-148 avtomobil yo‘lining 86 km) - “Abu Bakr Siddiq” masjidi (4K-849a avtomobil yo‘lining 0-1 km) - “Yunusxon Eshon” masjidi (4N-852 avtomobil yo‘lining 4-5 km) - “Xo‘ja Abdulloh” masjidi (4N-850a avtomobil yo‘lining 2-3 km) - “Huvaydo” masjidi (4N-858 avtomobil yo‘lining 0-5 km) 🚧 Nazorat postlari tashkil etilib, mazkur hududlarda avtotransport harakati to‘liq cheklanadi. Hurmatli fuqarolar, yo‘llarda harakatlanish rejalarini oldindan belgilab, ushbu vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini so‘raymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Farg‘ona tumani hokimligida bo‘lib o‘tadigan “Loyihalar yarmarkasi”ga taklif etamiz