Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
19
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...

8202025-03-28 14:41

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik mutaxassis Emrah Turkyilmaz bilan uchrashdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743154814666.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743154820437.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti professori, turkiyalik mutaxassis Emrah Turkyilmaz, rektor maslahatchisi Kamuran Amasyali bilan uchrashdi. Unda hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyat rahbari mamlakatimizda zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovasiya yutuqlarini keng joriy etish borasida oliy o‘quv yurtlarida salmoqli ishlar olib borilayotganligini qayd etib, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining tashabbuslarini e‘tirof etdi. Viloyatimizda ham universitetning takliflari asosida xorijlik investorlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuvda universitetda inkubasiya markazi ochilib, yurtimizga investisiyalarni jalb qilish, loyiha markazida esa qurilish loyihalari tayyorlanayotganligi, ko‘plab rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi ma‘lum qilindi. Farg‘onada ham bir qator loyihalarni amalga oshirish takliflari aytib o‘tildi. Takliflar asosida hududlarning imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz