Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
19
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3282025-03-29 13:12

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743235940054.jpg

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025 y.) qabul qilindi. Farmon asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati: 1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi! 2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha). 3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi). 4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga). 5. “Yorqin iste‘dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi). 6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi. 7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi. 8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi. 9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi. 10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi. 11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi. 12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil). 14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil). 15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz