Qo‘qon texnoparkida Xitoy sarmoyadorlari ishtirokida yangi yirik savdo kompleksini barpo etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda





Xususan, kuni kecha sarmoyadorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida loyihaning mazmun mohiyati, barpo etilishi rejalashtirilgan binolar va infratuzilma obyektlari xususida ma’lumot berildi. Toshkent shahridagi "Abu Saxiy" bozori formatida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan va loyihada "Markaziy Osiyo Bozori" deb nomlanayotgan savdo markazi mahalliy mahsulotlar va Xitoy Xalq Respublikasida import qilingan tovarlar savdosiga ixtisoslashadi. Bozorda avtomobildan tortib, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarigacha keng assortimentdagi tovarlar sotiladi. Bozor atrofida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish obyektlari, ovqatlanish muassasalari va avtoturargohlar barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
