150 nafar hamshaharlarimiz muborak Haj safariga jo‘nab ketdilar








Muqaddas ziyoratlarini ado etish uchun jo‘nab ketayotgan hamyurtlarimiz uchun "O‘zbegim" tantanalar saroyida tashkil etilgan marosimda so‘nggi yillarda din va vijdon erkinligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan islohotlar e’tirof etildi. Davlatimiz rahbarining tashshabbuslari doirasida muqaddas ziyoragohlarimiz obod etildi, yurtimizning xalqaro maydonda islom sivilizatsiyasi markazi sifatidagi nufuzi borgan sari yuksalib bormoqda, bugungi kunda hayotiy haqiqatga aylangan Haj va Umra kvotalarini ota-bobolarimiz orzu ham qila olmagan. Ayni kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diniy ta’lim muassasalarida muqaddas dinimizdan ilmiy asosda ta’lim berib kelinmoqda. Islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa ko‘shgan buyuk ajdodlarimix Imom Moturudiy, At Terimiziy, Imom Buxoriy ilmiy me’rosiga bag‘ishlangan minglab adabiyotlar va ilmiy qo‘llanmalar mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda chop etildi. Tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahar bosh imom-hatibi Abdumajid qori Isaqovlar hamshaharlarimizga muqaddas ziyoratlarini eson-omon ado etib, yurtimizga qaytib kelishlarini tiladilar. Qur’on tilovat qilinib, yurtimizga omonlik, xalqimiz dasturxoniga to‘kin - sochinlik, yurtoboshimizga sihat-salomatlik tilab duolar qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



