Qo‘qon davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi







Prezidentimizning "Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori asosida Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida tashkil etilgan Qo‘qon davlat universitetiga yangi, birinchi rektorni tayinlash munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, shahrimizdagi ta’lim muassasalari professor-o‘qituchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shu kunga qadar Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelgan Xo‘jayeva Dilnozaxon Shavkatovna Qo‘qon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Tantanali marosimda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, raqobatbardosh va salohiyatli kadrlar tayyorlash, ilm fan sohasiga innovatsiyalarni keng jalb etish, mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida yoshlarga berilayotgan bilim saviyasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari jahondagi top universitetlar sarasidan o‘rin olishi uchun kun tartibida dolzarb bo‘lib turgan masalalar muhokama etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



