Qoʻshtepa tumanida katta bayram konserti muvaffaqiyatli oʻtkazildi








Bugun Qoʻshtepa tumani, Qorajiyda markaziy o‘yingohda katta bayram konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni madaniyat va san’atga jalb etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturiga muvofiq tashkil etildi. Konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi rahbari Firuza Abduraximova boshchiligida yuqori saviyada namoyish etildi. Tadbirda mamlakatimizning taniqli san’atkorlari ishtirok etdi. Tomoshabinlar konsert davomida jonli ijro, yorqin sahna bezaklari va san’atkorlarning mahoratiga qoyil qoldilar. Bayramona kayfiyat va iliq muhitda o‘tgan ushbu tadbir Qoʻshtepa tumani madaniy hayotining yuksalishiga hissa qo‘shdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
