Xonariq MMTP "Xurshidbek Ziyo" fermer xo‘jaligida don yig‘im-terimi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.



✅ Seminar doirasida joriy mavsumdagi don urishi jarayonlari, xususan texnik va tashkiliy masalalar, logistika va don saqlash imkoniyatlari muhokama etildi. 📊 Ayni paytda tumanda jami 4800 gektar maydonda don yetishtirilgan bo‘lib, umumiy hisobda 14700 tonna don hosili yetib kelishi kutilmoqda. 🚜 Don yig‘im-terimi ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tumanda 14 ta urum otryadi shakllantirilgan hamda 90 ta maxsus transport vositalari donni daladan qabul punktiga tashishga jalb etilgan. 👨🌾 Seminar ishtirokchilari orasida fermerlar, agronomlar, mexanizatorlar hamda sohaning tajribali mutaxassislari bo‘lib, ular tomonidan mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 📌 Bunday seminarlar qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni joylarda samarali tatbiq etish, fermerlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash va yuqori hosildorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
