Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
46
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1432025-06-12 21:55

Farg‘onada “Lavanda gullari” festivali: Go‘zallik, nafosat va unutilmas lahzalar

http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053020085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053081030.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053133610.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053173045.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053211285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053257890.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053299715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150100/news/file-2090948053345125.jpg

Farg‘ona shahrida ilk bor tashkil etilgan “Lavanda gullari” festivali mehmonlarga unutilmas taassurotlar hadya etmoqda. “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda joylashgan lavanda dalalarida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbir tabiat shaydolari, sayyohlar va ijodkorlar uchun chinakam ilhom manbaiga aylangan. Festival doirasida mehmonlar lavanda dalalarida sayr qilish, suratga tushish, madaniy-ko‘ngilochar dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Tabiat go‘zalligi va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan ushbu maskan turizmni rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda shaharning jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Lavanda gullari” festivali Farg‘ona shahrining yangi sayyohlik brendiga aylanish sari muhim qadam bo‘lib, har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz