Farg‘ona shahrida o‘z biznesini boshlash istagida yurgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.






Farg‘ona shahrida o‘z biznesini boshlash istagida yurgan fuqarolar va tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Shahar hokimi boshchiligida o‘tgan uchrashuvda eng dolzarb masalalar yuzasidan ochiq va konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi. Yer ajratish, imtiyozli kredit olish, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar — bu va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar eshitildi. Ahamiyatlisi, murojaatlarning bir qismi shu yerning o‘zida hal etildi. Qolganlariga esa tegishli tashkilotlar orqali qonunchilik doirasida aniq choralar belgilandi. Sayyor qabullar nafaqat tadbirkorlik muhitini yaxshilash, balki davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikni mustahkamlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Har bir murojaat – e’tiborda, har bir tashabbus – qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
