Farg‘ona tumanida "Turon maktab teatri" tanlovining 2-sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi







Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Turon maktab teatri" tanlovining 2-sektor bosqichi tumandagi 38-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda 2-sektorda joylashgan maktab o‘quvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tanlov qizg‘in va ijodiy muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar birinchi shart bo‘yicha o‘z maktablarini she‘riy shaklda tanishtirib, tayyorlangan videoroliklarini namoyish qildilar hamda har bir jamoa 5 tadan savolga javob berdilar. Uchinchi shart doirasida esa o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini mohirona ijro etdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, 44-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining "Turon yulduzlari" jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tuman bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Shuningdek, 38-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining "Yosh jadidlar" jamoasi, 47-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining "Subhidam" jamoasi 2-o‘rinni, 36-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining "Iste‘dod" jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Mazkur tanlov o‘quvchilarning badiiy-ma‘naviy saviyasini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va teatr san‘atiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi