Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
18
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...

922025-03-29 19:28

“Qudratimiz – birlik va hamjihatlikda“ shiori ostida bayram tadbiri

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258458704.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258458794.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459083.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459079.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459094.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459093.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459099.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459107.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459128.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743258459124.jpg

Farg‘ona tumani “Mash‘al“ mahalla fuqarolar yig‘inida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan ma‘naviy-ma‘rifiy bayram tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu bayram mahalla aholisini birlashtiruvchi, mehr-oqibat va do‘stlikni mustahkamlovchi haqiqiy xalq tantanasiga aylandi. Tadbir davomida kitoblar yarmarkasi, milliy liboslar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilar uchun milliy madaniyat va san‘at an‘analarini aks ettiruvchi sahnalar namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi, bu esa xalqimizga xos mehmondo‘stlik va saxovat an‘analarining yorqin ifodasi bo‘ldi. Mahalla yoshlari tomonidan milliylikni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari hamda sport chiqishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz