Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
19
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...

662025-03-30 16:38

"Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram tadbiri

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708427.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708488.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708705.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708717.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708735.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708711.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708789.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708790.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708812.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1743334708813.jpg

Bahor nafasi kezib yurgan shu kunlarda Farg‘ona tumani "Yuqori Gulshan" mahalla fuqarolar yig‘inida "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida madaniy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mehr-oqibat, ahillik va birdamlik ruhi hukm surgan ushbu bayram yurtdoshlarimizni yanada jipslashtirib, qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir davomida milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi, bu esa xalqimizga xos mehmondo‘stlik va saxovat an‘analarining yorqin ifodasi bo‘ldi. Har bir taom hididan ona diyor tuprog‘ining barakasi, milliy qadriyatlarimizning mangu davomiyligi ufurib turardi. Bayram shukuhi sport va milliy o‘yinlar bilan yanada qizg‘in tus oldi. Varraklar sayli osmonni rang-barang yulduzlar misol bezab, yosh bolalarning shodon kulgusi atrofga taraldi. Arqon tortish, besh tosh, chillak, shaxmat va shashka musobaqalari yoshlarning shijoatini oshirib, oqsoqollarning duolari va ishtirokchilarning shodligi bilan yanada fayzli bo‘ldi. Tadbir yakunida milliylik va do‘stlikni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu tadbir mahallada ahillik, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilib, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz