Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami

50 %

Shrift o’lchami

50 %
Saytni baholash
41
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1762025-05-28 16:21

Oila jamiyat asosiy bo`g`ini

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2089375393845595.jpeg

Oila jamiyat asosiy bo`g`ini Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki – davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan. Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma`naviyat tili bilan aytganda muqaddas vazifasi- insoniyatning zanjirini sog`lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat. Sharqda oila qadim- qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblangan.O`zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim-qadimdan va xozir boshqa millat kishilarida xam xayrat , xam xurmat uyg`otgan xususiyatidir. O`zbek oilasida ayol , ona ana shu qo`rg`onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta`minlovchi mo`tabar insonlardir. Qur`oni karimda , hadislarda ayol-onani ulug`lash kerakligi haqida ko`plab ibratli ko`rsatmalar bor. Dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila-ilk tarbiya maskani, shu muqaddas dargohning ma`naviy -axloqiy muhitini yaratuvchi mo`tabar zotdir. Qalbning iymonli va rahmonligi yoki, aksincha bag`ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi. Taraqqiy etgan davlatlarning o`z mamlakatlarida oilaga katta e`tibor berishi turli yo`llar bilan uning nufuzini ko`tarishga intilishi aslo bejiz emas.Yaxshi oila xushxulqli, iymonli solih kishilarni , ibratli insonlarni tarbiyalaydi. Voyaga yetayotgan xar bir kishi oila to`g`risidagi yaxshi ko`rsatma, yo`riq, tuzuk, qonun-qoidalarni yaxshi bilishi lozim.Ana shu bilim va istag ularning o`z oilalarini ko`rkam tuzuvlariga , shu kichkina mamlakatlarni to`g`ri boshqaruvlariga yordam beradi.Oilada rohatli umr kechirish – barakotli umr kechirish demakdir. Oila nizomsiz bo`lsa , uning yomon oqibati butun millatga ta`sir etadi va shu sababdan fazilar yeriga razolar, taraqqiyot o`rniga tubanlik negiz quradi. Garchi oila tirmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy davrlardan boshlab mavjud bo`lib kelayotgan bo`lsa xam, davrlar o`tishi “zamonlar o`zgarishi’ bilan oilaning maqsad va vazifalari xam o`zgarib , tobora takomillashib boraveradi. Dangara tuman FHDY mudirasi M.S.Olimova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz