Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

TARMOQ RAHBARLARI AXBOROT BERDILAR

×

 2020-01-16 13:47:53    24

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun  “2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar samarasi hamda 2020 yildagi istiqbolli vazifalar” yuzasidan brifing o’tkazildi.

Brifingda 2019 yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash dasturlarining ijrosi, ipakchilik, hunarmandchilik, urbanizatsiya, sog’liqni saqlash va maktabgacha ta'lim sohalarida amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi istiqbolli vazifalar haqida tegishli boshqarmalar mutasaddi rahbarlarining axboroti eshitildi.

-Ayollar o’rtasida uchraydigan onkologik kasalliklarni oldini olish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, viloyatda mehnat migrantlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish va ularning salomatligini tiklash, tibbiyotda korruptsiyani oldini olish kabi qator masalalar ham bugun diqqat markazimizda turibdi,-deydi viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Odiljon Umarov.

Shuningdek, brifingda so’zga chiqqan viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig’ining 1-o’rinbosari Farhod Akbarov, Bandlik Bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i Ayubxon Abdullayev, “Hunarmand” uyushmasi boshlig’i Rasuljon Mirzaahmedov, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi 1-o’rinbosari Madaminjon Isroilovlar ham sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusida belgilangan vazifalar yuzasidan axborot berishdi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.