Murojaatlarni ko'rib chiqish
Xizmat haqida:
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Boshqalar
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar.
Tashkilot:
Beshariq tuman hokimligi
Bog`lanish:
Barcha davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:
Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo'lishi kerak. Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo'lishi lozim.
Murojaatga shaxsiy imzo qo'yish imkoni bo'lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo'yiladi.
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:
-
O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni
-
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgust "Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 181-son
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-sonli “Vazirlik va idoralar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so’zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to’g’risida” Qarori
Yuklab olish uchun manba:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Bepul.
Xizmatni ko`rsatish muddati:
Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddat ichida ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o'n kunlik muddat ichida ma'lum qilinadi.
Natijani olish usullari:
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qo'yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o'z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli.
Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko'zlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Xizmat natijasi:
Fuqaroning murojaatini ko'rib chiqqan davlat organi unga murojaatni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qilishi shart.
Rad etish sabablari:
Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko'rsatilgan murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko'rib chiqilmaydi.
Shikoyat arizasi berish tartibi:
Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi bo'lmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.