Farg‘ona tumani "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram tantanasi










Farg‘ona tumani "Yuqori Vodil" mahalla fuqarolar yig‘inida "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida madaniy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov yig‘ilgan ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi va ushbu tadbir yurtimizdagi tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta‘kidladi. Bayram tadbirida tatar, slavyan, nemis, rus, qirg‘iz va tojik milliy-madaniy markazlari faollari, shuningdek, Farg‘ona shahar va Farg‘ona tuman Madaniyat bo‘limlari hamda musiqa maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular tomonidan tayyorlangan milliy sahna ko‘rinishlari va bayram dasturlari tomoshabinlarga o‘zgacha zavq bag‘ishlab, do‘stlik va ahillikni tarannum etdi. Ushbu tadbir milliy madaniyatlar va urf-odatlarni keng targ‘ib qilish, xalqlar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilib, ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Jahon kubogi farg‘onalik bokschining g‘alabasi bilan boshlandi





Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”