O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Tegishli saylov okrugida tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan har mavsumda bitta loyihani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tanloviga asosan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etildi. Birgalikda moliyalashtirish amaliyoti doirasida aholi tomonidan loyihaning 50 foizi hamda byudjet mablag‘lari hisobidan qolgan 50 foiz qismi moliyalashtiriladi. Bunda istisno tariqasida “Eng yaxshi soliq to’lovchi mahalla” ro‘yxatiga kirgan mahallalar (keyingi o‘rinlarda alohida mahallalar) tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi qoplab berilsa, qolgan 75 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Har bir mavsum qoida tariqasida quyidagi bosqichlarda va muddatlarda o‘tkaziladi: - fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish bosqichi — 20 kun; - ishchi komissiya tomonidan loyihalarni saralab olish bosqichi - 20 kun; - targ‘ibot bosqichi - 7 kun; - ovoz berish bosqichi - 10 kun; - qo‘shimcha ravishda g‘olib loyihalarni aniqlash - 10 kun. Quyidagilarga tashabbusli byudjet doirasida ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgani munosabati bilan loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qo‘llanmaydi: - mahalla soni 15 va undan kam bo‘lgan tuman va shaharlardagi barcha mahallalarga; - “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” sifatida TOP-100 talik ro‘yxatga kirgan mahallalarga; - aholi va davlat o’rtasida sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyihalarga. Bunda, loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalarga istisno tariqasida sherikchilik asosida loyihalarni ilgari surishga ruxsat etiladi”. Loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati qurilish-ta’mirlash loyihalari bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt ming, jihozlash loyihalari bo‘yicha ikki ming barobaridan oshmasligi lozim. Har bir tuman (shahar)da loyihalar g‘olib deb topilishi uchun 50 tadan kam bo‘lmagan ovozlarga ega bo‘lishi lozim deb belgilab qo‘yildi va boshqa bir qator o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Биргаликда — обод маҳалла сари!


СУДЛАР ФАОЛИЯТИГА СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

СУВ ТЕКИН ЭМАС, УНИ ТЕЖАНГ, ҚАДРЛАНГ!






