Размер шрифта цвет картина

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Подписка на новости


На сайте сейчас 4 пользователей Статистика телефон доверия
НАСЛЕДИЕ
КУЛЬТУРНОЕ НАСЛЕДИЕ
Ферганский областной хокимият

IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARI VA FAXRIYLARINING MODDIY TA’MINOTINI YAXSHILASH HAMDA YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

 2022-06-22 14:16:35    183

Скачать PDF
Печать


Ikkinchi jahon urushi faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ushbu fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida:

1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari o‘rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (bugungi kundagi BHM - 300 000 so’m) qo‘shimcha to‘lov  to‘lab boriladi;

1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar o‘rniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida to‘lanadigan kompensatsiya joriy etiladi.

Bunda, qo‘shimcha to‘lov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan pensiyalarni va nafaqalarni tayinlashga mas’ul bo‘lgan tashkilotga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Belgilansinki, kompensatsiya va qo‘shimcha to‘lovlar mazkur bandda keltirilgan shaxslarga, ularning pensiyalari va nafaqalari to‘lanadigan tartibda to‘lanadi.