Обращения юридических и физических лиц поступившие через веб сайт
Всего обращений: 38Статистика телефон доверия
Hisobot topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar diqqatiga!
2023-01-12 17:13:05 231
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1-kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.
✅ Оn-line muloqotlarda “1- kb” shakli hisobotining har bir boʻlimi, undagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.
✅ On-line muloqotlar “STATISTIKA” (https://t.me/statistika_rasmiy) telegram kanalida (havola https://t.me/statistika_rasmiy) 2023-yilning 16-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 ga qadar tashkil etiladi.
❗️ Eslatib oʻtamiz, kichik korxona va mikrofirmalar uchun “1- kb” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevralda yakunlanadi.
❗️ On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!