Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish bo‘yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish
Xizmat haqida:
Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish bo‘yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Fuqarolik
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy shaxslar.
Tashkilot:
Viloyat Haj va Umra markazi
Bog`lanish:
Farg’ona shahri, A.Navoiy ko'chasi, 15-uy. Telefon:244-07-50
Xaj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi to’g’risida axborotlar, ularni tashkil qilish bo’yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish
1.Farg’ona viloyatida Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan fuqarolar avvalo yashab turgan qishloq fuqarolar yig'iniga (tumanlar hududida) yoki mahalla fuqarolar yig'inlarining raislariga (Farg’ona shahri hududida) «Haj ziyoratiga boruvchi nomzodlar navbat daftari»da navbatga turish uchun ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Ariza QFY (MFY) raisi nomiga yozilib, unda fuqaroning pasport nusxasi ilova qilinadi.
Shuningdek, ziyoratchilar qo'yidagi talablarga javob berishlari kerak:
- salomatligi;
- to'lov qobiliyati;
- yoshining mutanosibligi (35 yoshdan 75 yoshgacha)
- navbati kelganligi;
- QFY yoki MFYda ziyoratga ma'naviy tayyorgarligi;
- 46 yoshdan kichik ayollar uchun mahramning borligi.
2. Umra ziyoratiga borish istagini bildirgan fuqarolar viloyat Haj va Umra markaziga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.
Yuklab olish uchun manba:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Ko'rib chiqilmoqda
Xizmatni ko`rsatish muddati:
Ko'rib chiqilmoqda
Natijani olish usullari:
Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.
Xizmat natijasi:
Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish bo‘yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish bo'yicha arizani ko'rib chiqish to'g'risida xabarnoma.
Rad etish sabablari:
- Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
- Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
- Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
- Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.
Shikoyat arizasi berish tartibi:
Arizachi sifatsiz ko'rsatilgan xizmat uchun va mas`ul xodimning e`tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.