Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladiSud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
2021-08-25 10:09:31 579
Joriy yilning 5 iyul kuni Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi, Konsepsiya bo‘yicha 2021-2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi”, Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha Kengash tarkibi hamda 2021-2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, Farmonga asosan adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda 15 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi. Institut shtat birliklari adliya organlari va muassasalarining 10 ta hamda sog‘liqni saqlash organlari va muassasalarining 5 ta shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi. Institut faoliyatini moliyalashtirish X.Sulaymonova markazi mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish; sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish; sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘rish; sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish; huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish; sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Farruxjon Abduraimov
Farg‘ona viloyat sudining sudyasi
Furqatjon Sobirov
Jinoyat ishlari bo’yicha
Beshariq tuman sudining raisi