Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Beshariq tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti
2023-08-11 16:20:53 210
Tadbirkorlik subyektlari va aholi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida joriy yil 14-iyun kuni Prezidentning PQ-192-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:???? jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;????oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;????xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi. ❗️2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.▶️ Fermer xo‘jaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv solig‘idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi.✅ 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi: ➖har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta’minlash;➖har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan (980 ming so‘m) miqdorda belgilash;➖issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.Ta’kidlash joiz, ayni kunlarda Beshariq tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, mazkur yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda, shu bilan birga, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.Xususan, 2023-yil iyul oyi davomida Beshariq tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 18 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 18 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.