Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ogohlantirish muddati davomida xodimga boshqa ish topishi uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi va bu kunga haq to‘lanadi.

×

 2023-09-13 15:24:49    198

PDF yuklash
Chop etish


Ish beruvchi xodimni bir qator asoslar bilan ishdan bo‘shatishi mumkin, mazkur holatlarda ish beruvchi quyidagi muddatlarda xodimni ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirishi shart:

tashkilot tugatilganda, xodimlar soni yoki shtatlar o‘zgarganda – kamida 2 oy oldin (ya'ni, 2 oydan ko‘proq muddat 3, 4 oy, 2 oy-u 10 kun va h.k);

tashkilot rahbari, o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va alohida bo‘linma rahbari mulkdor o‘zgarganligi uchun ishdan bo‘shatilganida – kamida 2 oy oldin;

xodim malakasi yetarli bo‘lmaganligi uchun bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli bo‘shatilganda – kamida 2 hafta oldin;

xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun ishdan bo‘shatilganda – kamida 3 kun oldin.

Ayrim toifadagi xodimlar uchun ogohlantirish muddatining alohida muddati belgilangan:

mavsumiy ishda ishlaydigan xodimni tashkilot tugatilganda, shtat o‘zgarganda kamida 7 kun oldin, malakasi yetarli bo‘lmaganida kamida 3 kun oldin, o‘zining aybli harakati bilan bo‘shatilganda 1 kun oldin;

Mavsumiy ishlar – iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ish.

vaqtinchalik xodimlar korxona tugatilganda, shtat o‘zgarganda xodim malakasi yetarli bo‘lmaganda kamida 3 kun oldin, o‘zining aybli harakati bilan bo‘shatilganda kamida 1 kun oldin.

Ikki oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslardir.

Ogohlantirish yozma shaklda, imzo qo‘ydirib amalga oshiriladi.

Ogohlantirish muddati pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Ogohlantirish muddati ichida xodimga boshqa ish topish uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi, bu kunda xodimning ish haqi saqlanadi. Ushbu imtiyoz xodim o‘zining aybi bilan ishdan bo‘shatilganda berilmaydi.

Ogohlantirish muddatiga xodimning kasal bo‘lgan vaqti, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi. Korxona tugatilganda esa hamma vaqt kiritiladi, istisno yo‘q.

Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik, Senat a'zosi vazifalarini bajarish, harbiy majburiyatni bajarish va boshqa bir qator ishlarni bajargan vaqt kiradi.

 

Xurshidjon Abdurafiqov 3-darajali yurist