Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUD-HUQUQ TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILINISHINING TA’SIRI, O’RNI VA AHAMIYATI
2024-03-26 13:21:30 202
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek: “Bugungi kunda biz erishgan eng muhim natija ham aslida shu – demokratik islohotlarimizdir” Bugungi kunimizni raqamlashtirilgan texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shunday ekan nafaqat sud-huquq tizimidagi, balki barcha jabhadagi islohotlar bilan bir qatorda raqamlashtirish ham ma’lum ma’noda keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi. So’ngi yillarda O‘zbekiston sud-huquq tizimiga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari keng yoritilmoqda. O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishda bugungi kunda jadal rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek axborot texnologiyalarini rivojlantirish va sud huquq faoliyatiga keng joriy etishda bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining muhim ahamiyat kasb etayotganligi bejiz emas. Bugungi globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalar butun dunyo bo'ylab barcha sohalarga keng joriy etilib, insoniyat hayot tarziga jadal kirib bormoqda. Aytish lozimki, odamlar eng ko'p murojaat qiladigan sohalardan biri hisoblangan sud tizimida ham raqamlashtirish siyosatini jadal amalga oshirish, bu orqali aholining og'irini yengil qilish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish hamda byurokratiya va korrupsiya holatlarini kamaytirish, xizmatlar ko'rsatishni tezlashtirish choralariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda odil sudlovga erishish, insonning o'z qonuniy huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qila olish imkoni butun dunyo bo'ylab dolzarb masala bo'lib qolmoqda. So’ngi yillarda global dunyoda bo’layotgan o’zgarishlar misol uchun Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan cheklovlar, karantin choralari bu muammoni yanada o'tkirlashtirdi. Shu bilan birga, pandemiya sharoitida vujudga kelgan vaziyat ko'p jihatdan raqamli texnologiyalarning ahamiyati va ularni turli sohalarga keng joriy etishning imkoniyatlari va dolzarbligini yana bir bor ko'rsatib berdi. Yuzaga kelgan holat yangicha sharoitlarda ishlash, shu jumladan, sud tizimining samaradorligini oshirishda yangi qirralarni ochdi. Ta’kidlash joizki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,, Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilinganligi, sudlar tizimidagi faoliyatni yanada takomillashishiga asos bo’ldi. Ushbu qarorga asoslanib, so’ngi yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi. Bu dasturga ko’ra, sudlarda sud majlisini taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlisi bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar o’rtasida avtomatik ravishda taqsimlash, barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida ― SMS xabar orqali bepul asosda xabardor qilish, sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish belgilangan. Shuningdek, qaror bilan sudlar tomonidan aliment miqdorini belgilashda tumanlar kesimida o'rtacha oylik ish haqlari to'g'risida ma'lumotlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olish kabi choralarni o'z ichiga olgan Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo'yicha “yo'l xaritasi” ham tasdiqlandi. Sud-huquq tizimida eng katta qulaylikni yaratib bergan tizim O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yaratilgan My.sud.uz elektron sud xizmati portali bo‘ldi. Bu portal orqali birinchidan, agar fuqarolarda ariza, taklif, shikoyat yoki hal etilmagan muammolar mavjud bo‘lsa, fuqarolik, jinoyat yoki iqtisodiy sud bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu sudga murojaatni elektron tarzda yuborishi mumkin.
Ikkinchidan, My.sud.uz elektron sud xizmati portalida, Sud majlislari jadvali― nomli alohida bo‘lim mavjud bo‘lib, bu fuqarolarga sudmajlislari jadvali bilan tanishish – sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishga tayinlangan sanasi va vaqti haqida onlayn tarzda xabardor bo‘lib borish imkonini beradi. Uchinchidan, bu tizimda davlat boji kalkulyatori va elektron to‘lov tizimi ham ishga tushirilgan bo‘lib, bu fuqarolarga ancha yengillik keltiradi. Bu ham fuqarolarning ishini osonlashtiradi. My.sud.uz tizimining eng ijobiy jihati shundaki, unda sudga murojaat qilish namunalari ham keltirilgan. Bu namunalar dunyoning birorta ham sud tizimida uchramaydigan interaktiv xizmat bo‘lib, bu fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatini beradi. Jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, sud-huquq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish odil sudlovni amalga oshirish, tizimning shaffofligi va samaradorligini oshirishda tamal toshi hisoblanadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda Yangi O’zbekistonning yangi qiyofasi puxta o’ylangan, aniq madsadli va strategik islohotlar natijasida jahon maydonida o’z munosib o’rniga ega bo’layotgan davlatlar qatoridadir. Ya’ni kim, bu orqali sud-huquq sohasini ham anchayin isloh qilish va korrupsion holatlarni oldini olish ham mumkin. Su o‘rinda mening fikrimcha, Sud sohasi jazolovchi organ emas, inson haqhuquqlarini himoya qiluvchi organga aylantirilishi lozim. Sud jarayonini yanada shaffof va demokratik ruhda olib borilishi uchun esa, albatta ba’zi jabhalarda raqamli texnologiyaga borin taqaladi. Zamoviy dunyo hamjamiyati yanada shakllanib borar ekan inson omili kamayib boraaveradi. Demak, ushbu hamjamiyat azosi sifatida ular kabi harakat qilishimiz darkor. Shu o‘rinda Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida esa poklik bo‘lishi shart”.