Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Davlat boshqaruv tizimida “Manfaatlar to’qnashuvi” ni tartibga solish demokratik jamiyatlarda ustuvor vazifa hisoblanad

×

 2024-06-11 14:31:46    169

PDF yuklash
Chop etish


Davlat boshqaruv tizimida “Manfaatlar to’qnashuvi” ni tartibga solish demokratik jamiyatlarda ustuvor vazifa hisoblanadi
Yer  yuzida  har  bir  davlatning o‘z boshqaruv tizimlari mavjud bo‘lib, albatta bir biridan farq qiladi. Davlat boshqaruvi tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, qonunga muvofiq ishlashi ularning    uzoq    vaqt    yashashiga    olib    keladi.    Lekin    davlat  boshqaruvida   manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqishi boshqaruv tizimida ko‘p muammolar yuzaga keltiradi. Davlat boshqaruvi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi bir qancha omillar turli  xil   ko’rinishlarda  bo’lib,  ularning asosiy  ko‘rinishlari qarindoshchilik (quad-andachilik), nepotizm,   guruhbozlik,  kronizm, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik,  oshna-og‘aynigarchilik,   rahnamochilik,  lobbizm (idoraviy manfaatdorlik) va  boshqalar    kiradi. Bu  kabi  manfaatlar to‘qnashuvi  turli  xil    ko’rinishlari  davlat boshqaruv    tizimiga        juda    katta    zarar yetkazibgina qolmasdan,  o’sha jamiyatni parchalab yubora olishi shubhasizdir. Ularni oldini olish yoki mavjud muammolarni bartaraf etish hozirgi   fuqarolik   jamiyatini   qurish uchun juda   ham   muhim   hisoblanadi.   So`ngi  yillarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  natijasida  O`zbekistonning korrupsiya  va  manfaatlar  to`qnashuviga  qarshi  kurashishda  ijobiy  o‘zgarishlar kuzatilmoqda.  Lekin  qayd  etish  lozimki,  manfaatlar  to‘qnashuvi  o‘zining  tarixiy ildiziga   ega   ekanligi,   mamlakatlar   uzoq   vaqtlardan   beri   unga   qarshi   kurashib kelayotgan  bo‘lsa-da, bugungi  kunda  ham  ta’siri  davlat  va  jamiyat  hayotiga  juda kattaligi,   shuningdek   yildan-yilga  zamonaviy  ko‘rinishlari  yuzaga  kelayotganligi sababli unga qarshi kurashish strategiyasi ham rivojlantirib borishi lozim. Yana bir   jihat,   hozirgi   investitsion   va   moliya   bozor   mexanizmlari   keng tarqalayotgan  sharoitda  moddiy  manfaat  asosida  manfaatlar  to‘qnashuvining  yangi elementlari  ham  kirib  kelmoqda.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  bu  boradagi  ishlarni doimo  monitoring  qilish  va  ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish bilan bir qatorda, ularni yangilab borish ham katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo  tajribasida  manfaatlar  to‘qnashuvini  samarali  boshqarish  darajasiga erishishning muhim elementi sifatida jamoatchilik nazoratining kuchliligi va ularning bu  boradagi  ishonchi  hisoblanadi. Manfaatlar to‘qnashuvini  yuzaga  keltirishga  olib  keluvchi  omillar  haqida  olimlarning  bir  qancha asarlarida, maqolalarida keltirilib o‘tilgan. Davlat  boshqaruvida  manfaatlar  to‘qnashuvini  keltirib  chiqaruvchi  omillarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bularga ijtimoiy va madaniy sharoit, institusional va tashkiliy tuzilmalar, axloqiy, siyosiy muhit, shuningdek, iqtisodiy va tarkibiy o‘zgarishlar siyosati ko‘proq ta’sir qiladi.
Онаси, [11/06/2024 14:27]Ayni kunlarda davlat hayotida muhim o’zgarishlardan biri sodir bo’ldi. Prezident «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutildi. Qonunda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha normalar ko‘rsatib o‘tilganini ko’rish mumkin. Davlat organlarining yoki boshqa  tashkilotning xodimi tomonidan xabar qilingan manfaatlar to‘qnashuvi hollarining o‘zigan xos xususiyatlari  hisobga  olingan  holda,  quyidagi  choralarni: o‘ziga  nisbatan  manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan rahbarning bevosita bo‘ysunuvidagi davlat organi yoki boshqa tashkilot  xodimini  manfaatlar  to‘qnashuvi  yuzaga  kelmaydigan  boshqa  rahbarning bo‘ysunuviga o‘tkazish; davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kollegial organ tarkibidan ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etishi   orqali   yoki   majburan   chetlashtirish;   davlat   organlari   yoki boshqa   tashkilotlar xodimining lavozim majburiyatlari yoki xizmat vakolatlari doirasini qayta ko‘rib chiqish; davlat   organi   yoki   boshqa   tashkilot   xodimining   shaxsiy   manfaatdorligini   bartaraf   etish choralarini  ko‘rish  mumkin  bo‘lmagan  taqdirda,  xodimning  roziligi   asosida   uni  avvalgi lavozimiga teng boshqa lavozimga o‘tkazish yoki mehnat shartnomasini (kontraktni) umumiy asoslarda  bekor  qilish  va  boshqa  manfaatlar  to‘qnashuviga  qarshi  kurashish  bo‘yicha normalar keltirib o‘tilgan. Davlat  boshqaruvida  manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ehtimoliy  manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasini ham joriy  etilish ayni bir muddao bo’ldi.Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritilgan. Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi: •  davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;•  davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;•  ular qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonun loyihasida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha normalar ko‘rsatib o‘tilgan. Qayd  etib o‘tish  kerakki,  davlat  boshqaruvida  barcha  sohalarni  maʼmuriy-huquqiy  usul, kuch  va  vositalar  bilan  samarali  tartibga  solish  imkonsiz.  Shu sababli, axloq   kategoriyasi   ham   samarali   mexanizm   hisoblanadi.   Davlat  muassasalarida korrupsiyaning eng past darajasi bo‘lgan davlatlar reytingida yetakchi mavqega ega bo‘lgan bir qator xorijiy  davlatlar  tajribasi,  jahon  amaliyotida  ham  axloqiy  yutuqlar asosiy  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  A.Sh.   Bekmurodovning    “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish”  darsligida  davlat boshqaruvida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining vujudga kelishiga bir qancha omillar sabab qilib keltirilgan va asoslab bergan. Manfaatlar to‘qnashuvi turli shakllarda va holatlar natijasida yuzaga keladi. Ularga misol sifatida esa, quyidagilar ko‘rsatiladi:mansabdor   shaxslar,   davlat   xizmati   xodimlari,   deputatlarning   tijorat   faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablag‘larini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi; o‘z korporativ guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida, ommaviy axborot vositalariga  tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish. bundan tashqari, davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltiruvchi bundan boshqa yana ko‘plab omillar mavjud bo‘lib, eng muhimi ularni  hal etish, ularning yuzaga kelmasligiga olib kelish hisoblanadi. Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va ularga qarshi kurashish mavjud qonunchilik asosida amalga oshiriladi. Ayrim xorijiy davlatlarda manfaatlar to‘qnashuvini sodir etganlarga  nisbatan  jinoiy  javobgarlik  ham  belgilangan.  Fikrimizcha,  davlat  boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuviga  nisbatan  javobgarlikni  kuchaytirish  emas,  odob-axloq  meyorlari o‘rgatish  va  ularga  amal  qilishini  taminlay  olishimiz  kerak.  Finlandiya  tajribasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga eng avvalo jamiyatning o‘zi jazo beradi. Muxtasar qilib aytganda, zamonaviy jamiyatda manfaatlar to’qnashuvining yuzaga kelishi aholi ongida  davlat boshqaruviga    nisbatan    ishonchsizlik   munosabatlarini    yuzaga    keltirayotganligi    sababli manfaatlar to’qnashuviga qarshi kurashishning yangi usullarini izlash alohida ahamiyatga ega va dolzarb masala boʼlib qolmoqda. Milliy  qonunchiligimizdagi  bunday  o’zgarishlar  davlat  boshqaruvida manfaatlar to’qnashuvinining oldimi olishga va uni bartaraf etishga yordam beradi. Hozirda mamlakatda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishning yuqorida keltirib o`tilgan tashkiliy mexanizmlarining joriy etilganligi davlat xizmatining shaffof va qonuniy faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Xorijiy davlatlar AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Singapur, Koreya Respublikasining davlat boshqaruvi tizimda faoliyat ko’rsatayotgan mansabdor shaxslar, davlat    xizmatchilari    va    boshqalarning    ehtimoliy   deklaratsiya    qilishdagi    tajribasini o’rgangan holda, mamlakatimizda deklaratsiya maʼlumotlarni oshkoraligini taʼminlanishi,  elektronlashtirilishi tizimi mavjud muammolarni ijobiy hal bo’lishida asosiy ro’l tutadi.Foziljon XatamkulovFIB O‘zbekiston tumanlararo sudining sudyasi