Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

PREZIDENT SAYLOVI SANASI O`ZGARTIRILDI

×

 2021-03-17 19:44:21    267

PDF yuklash
Chop etish


O`zbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevraldagi “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi  O`RQ-670-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonunga muvofiq quyidagilarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi:

• Konstitutsiyaga;

• “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga;

• “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g`risida”gi Qonunga;

• Saylov kodeksiga.

Birinchidan, Prezident saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi (ilgari – dekabr oyi) uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi.

Ikkinchidan, saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`lar («Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g`risida»gi Qonunning 8-m. 4-q.) quyidagilarga sarflanishi kerak:

• tashviqot olib borishga;

• nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot o`tkazish uchun jalb o`ilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;

• saylov kampaniyasini o`tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga.

Shuningdek, endi siyosiy partiya saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun o`zga ajratilgan davlat mablag`lari yuzasidan oraliq va yakuniy hisobotlarni taqdim etishi lozim. Siyosiy partiyalarning hisobotlari uning rasmiy veb-saytlarida va bosma nashrida e’lon qilinadi.

Uchinchidan, Prezident saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovini o`tkazish bo`yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini o`tkazish bo`yicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (Saylov kodeksining 10-m. 1-q.).

Saylov kodeksning 29-moddasi 1-qismi quyidagi jumla bilan to`ldirildi: Chet davlatlarda turgan fuqarolarga saylovchilar ro`yxatidagi o`ziga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati TIV, O`zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham ta’minlanadi.

Endi saylovchilarning ro`yxatiga saylovgacha o`zgartirishlar kiritish to`xtatiladigan muddat 3 kundan 5 kunga o`zgartirildi (Saylov kodeksining 29-m. 5-q.).



Farg`ona viloyat sudining  sudyasi                                                        B.Ergashev



Jinoyat ishlari bo`yicha

Beshariq tuman sudining raisi                                                                 F.Sobirov


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating