Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi
2021-03-17 19:48:00 696
O`zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida” gi O`RQ-673-sonli Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan shaxsning 18 yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo`llanilishi mumkin.
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g`ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo`llanilishi mumkin.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlagan shaxs to`g`ridan-to`g`ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.
(Ilgari ma’muriy jazo qo`llanilgandan so`ng takror sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan.)
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov