Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Odam savdosiga qarshi ogoh va hushyor bo`lish har birimizning burchimiz
2021-05-25 15:43:34 247
So`nggi yillarda dunyoda odam savdosi jinoyati oqibatida yuzaga kelayotgan global xavf bu illatga qarshi jiddiy kurash olib borishni talab etmoqda. Mamlakatimizda noqonuniy migratsiya va odam savdosining oldini olish, unga qarshi kurashishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Aytish kerakki, odam savdosi — inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga taxdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyat bo`lib, o`zining chegara tanlamasligi, girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotgani bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg`otmoqda.
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsigalgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Biroq, odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlar bu huquqning qo`pol tarzda buzilishiga olib kelmoqda.
So`nggi yillarda odam savdosi jinoyati sababli yuzaga kalayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo`lsa, dunyoning qator mamlakatlarida bu illatga qarshi kurashishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda odam savdosiing oldini olish va unga qarsha kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Avvalo, odam savdosi jinoyatlariga barham berish uchun yetarli huquqiy-normativ baza shakllantirildi.
Xususan, 2020 yilning 17 avgustda «Odam savdosiga qarshi kurashish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni yangi taxrirda qabul qilinishi bilan mamlakatimizda bu global muammoga qarshi kurashish hamda undan jabrlanganlarni himoyalashning huquqiy asoslari yaratildi.
Har bir inson yaxshi orzu-umidlar bilan yashaydi. Halol mehnat qilib, oilani boqish, shu yo`l bilan jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shishga intiladi. Ammo ba’zi yurtdoshlarimiz orasida mehnat qilishdan qochib, turli noqoquniy yo`llar bilan pul topish, mol-dunyo orttirishga ruju qo`ygan kimsalar ham yo`q emas. Ular o`z maqsadlariga erishish uchun har qanday qabih va razil yo`ldan qaytmaydilar. Bugungi kunda hammani tashvishga solayotgan odam savdosi bilan shug`ullanayotgan kimsalarni ana shunday toifadagi shaxslar katoriga qo`shish mumkin.
Odam savdosi bugungi kunda dunyoniig barcha mintaqasidagi davlatlarga tahdid solmoqda. Turli ma’naviy tahdidlar qatorida odam savdosi bilan bog`liq masalalar bizning mamlakatimizda ham jiddiy tashvish uyg`otadi. Bu noxush hodisa yurtimizdagi barchani hushyorlikka, ogohlikka da’vat etadi.
Shaxsning ozodligi, sha’ni qadr-qimmati va erkin mehnat turini tanlashiga qarshi qaratilgan bu jinoyat butun iisoniyat xavfsizligiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik ko`rinishlaridan biridir. O`z domiga asosan yoshlar va ayollarni tortayotganligi bilan katta xavotir uyg`otmoqda. Xalqaro ekspertlarniig baholashicha, dunyo bo`yicha odam savdosidan tushadigan yillik daromad juda katta raqamni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko`ra, dunyoda har yili tahminan 2 million 700 ming nafar inson odam savdosining jabrlanuvchisiga aylanmoqda. 600-800 ming nafar ayol va bolalar aldov yo`li bilan chet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda. Bunday jinoyatlar afsuski, respublikamizda ham mavjud bo`lib, fuqarolar turli aldov va firibgarliklar qurboniga aylanib qolyapti.
Kuzatishlar va xulosalar shuni ko`rsatmoqdaki, odam savdosidan aziyat chekayotgan jabrlanuvchilar orasida ayollar va voyaga yetmagan yoshlar borligi bizni yanada xushyorlikka chorlaydi.
Odam savdosi bilan shug`ullanuvchi firibgar va to`dalarni o`rgimchak to`riga qiyoslash mumkin. O`rgimchak to`riga tushgan har qanday xasharot uning o`ljasiga aylanadi. Odam savdosi bilan shug`ullanuvchi kimsalarning to`riga ilinib qolish ham ana shunday ayanchli oqibatlar bilan tugaydi.
Shunday ekan, odam savdosiga qarshi ogoh va hushyor bo`lish har birimizning burchimiz. Zamondoshlarimizni hushyorlikka, ogohlikka da’vat etsak, ularni odam savdosi bilan shug`ullanuvchi firibgarlarning tuzog`iga tushib qolishdan asragan bo`lamiz.
Furqat Sobirov
Jinoyat ishlari bo`yicha
Beshariq tuman sudining raisi