Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hayvonlarga nisbatan shafvqatsiz munosabatda bo‘lish jinoyi javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

×

 2021-09-17 14:45:24    136

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-711-son Qonun bilan Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi.

Jumladan:

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa – 13 mln 500 ming so‘m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi.

Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgarishga muvofiq yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish hamda tayyorlashning, shuningdek o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa–besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun bilan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish uchun asoslar belgilandi.

Unga ko‘ra:

Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma – sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun hodisa sodir etilgan joyda unda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat.

Xabarnoma yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi. Haydovchilar tomonidan xabarnomani rasmiylashtirish ma’muriy javobgarlikka tortilishni istisno etuvchi holat etib belgilandi.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan hollarda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan taqdirda haydovchi javobgarlikka tortilmasligi belgilandi.

 

 

Farruxjon Abduraimov

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi

 

Nodirjon Salomov

Jinoyat ishlari bo’yicha

Beshariq tuman sudining sudyasi


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating