Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDAGI XALQARO VA MILLIY HUQUQIY HUJJATLAR

×

 2021-09-17 14:46:24    121

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borsida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rib borilmoqda.

Xususan, Uzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga Qarshi Konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktabr) 2008 yil 7 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 158-sonli Qonuniga asosan qo‘shilgan bo‘lib, Qonun talabiga ko‘ra, Konvensiyaning 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha: «O‘zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilangan»;

Korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish va jamiyatimizda bu illatga qarshi kurashish hissini kuchaytirish, mas’uliyatni yanada oshirish maqsadida 2017 yil  3 yanvarda O‘RQ-419-sonli qonun bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.

UshbuйQonun 34-moddadan iborat bo‘lib, qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur Qonunda korrupsiya tushunchasiga har tomonlama to‘g‘ri  ta’rif berilgan.

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Prezidentimiz 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlis qo‘shma palatalarining yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashishda “halollik vaksinasi” bilan emlanish, korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlagan edilar.

Shu maqsadda O‘zR Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5729-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirish maqsadida:

Oliy Majlisning palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etilib, joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan axborot berib borish funksiyalari yuklangan.

Ushbu sohada samaradorlikni oshirish maqsadida 2020 yil29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”PF-6013-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) tashkil etildi.

Agentlik:

korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor.

Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Agentlik:

har yili ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi;

davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisi ISO 37001 korrupsiyaga qarshi standartini qo‘llashni ko‘zda tutuvchi talabni o‘rnatadi;

joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;

korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.

Agentlikka quyidagi huquqlar berilgan:

jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;

davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiya holatini o‘rganish va boshqa shu kabi vakolatlar berilgan.

Bevosita Jinoyat kodeksida korrupsion jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni belgilovchi moddalar nazarda tutilgan bo‘lib, ular JKning 210, 211 va 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun normasi hisoblanadi. Ya’ni, ushbu qonun normalarida – pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

JKning 212-moddasining 4-qismiga ko‘ra, basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotga erishishi va dunyo hamjamiyatidagi mavqeini oshirish maqsadida barchamiz korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishimiz hamda bu illatni ildizi bilan yo‘qotishda hamjihatlikda kurashishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Farruxjon Abduraimov

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi

 


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating