Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yerga oid munosabatlar tartibga solinаdi

×

 2021-09-17 14:47:27    175

PDF yuklash
Chop etish


Yerga oid munosabatlar barcha davrlarda ham muommoli bo‘lib kelgan hamda o‘zining siyosiy tusga ega bo‘lgan jihatlari bilan davlat siyosatining birlamchi masalalaridan hisoblangan.

Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifasidir. Chunki xalqning moddiy farovonligi, barchani boquvchisi hisoblangan yerga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularning muhofazasini nazorat qilish juda muhim.

Yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy hamda huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar ob’ekti sifatida erkin muomalaga kiritish maqsadida Prezidentimizning 2021 yil 8 iyunda “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonning qabul qilinishidan asosiy maqsad yerlardan noqonuniy foydalanish, noqonuniy qurilmalar qurishga, yer ajratishda korrupsiyaviy holatlarga chek qo‘yishdir.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustdan boshlab yer uchastkalari xususiy sektorga - mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.

2021 yil 1 avgustdan yer uchastkalari faqat bo‘sh turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratiladi hamda ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning o‘zida yer uchastkasini olib qo‘yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi. Ushbu holatlar kuzatilganda qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishi, ushbu yerlar davlat-xususiy yoki ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatiga xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkinligi belgilandi.

Bundan tashqari, farmonda ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli bo‘lmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi nazarda tutildi. Qisqa qilib aytganda, yer ajratish masalalari 2021 yil 1 avgustdan tuman (shahar) hokimliklari vakolatlaridan olinib, ya’ni yerni to‘g‘ridan–to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish, ular tomonidan yerga bo‘lgan huquqlarni belgilash, sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yerlar toifasiga kiritish va shu kabi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar ochiq auksion orqali amalga oshiriladigan tartib o‘rnatiladi.

Farmonning qabul qilinishi yerga oid islohotlarning yanada takomillashishiga hamda qonun buzilish holatlarining oldini olishga, shu bilan birga, ayrim normativ hujjatlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi.

 

Farruxjon Abduraimov

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi


Agar sayt moderatorlariga sayt haqida fikr-mulohazalaringiz bo`lsa,
bu jadvallarni to'ldirib jo'nating