Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tasdiqlangan reja ijrosi yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
2021-09-23 16:03:03 251
Farg‘ona viloyat sudi raisi, Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi, maxalla va oilani qo‘llab quvatlash boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq Qabulxonasi mudiri tomonidan 2021 yil 05 iyul kuni tasdiqlangan “Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlarida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan maxallalar, tumanlarda profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabullarning rejasi ijrosi”ga asosan 2021 yil 11 sentyabr kuni Beshariq tumanida bir qator targ‘ibot tadbirlari hamda sayyor qabullar o‘tkazildi.
Xususan, 2021 yil 11 sentyabr kuni soat 1000dan 1200ga qadar Beshariq tumani Fayziobod MFY binosida Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov xay’ati sudyasi I.Tursunov, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov xay’ati sudyasi R.Qosimov, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining sudyasi N.Salomovlar tomonidan alohida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Xususan, Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov xay’ati sudyasi I.Tursunov, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov xay’ati sudyasi R.Qosimov tomonidan 3 nafar xuquqiy yordamga muxtoj fuqarolar, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining sudyasi N.Salomov tomonidan 11 nafar fuqarolar qabul qilidi.
Murojaatlaning 10 tasi qanoatlantirildi hamda 4 nafar fuqarolarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.