Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Beshariqda sayyor qabul o‘tkazildi
2022-01-22 16:30:33 284
Farg‘ona viloyat sudi raisi, Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi, maxalla va oilani qo‘llab quvatlash boshqarmasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq Qabulxonasi mudiri tomonidan 2022 yil 07 yanvar kuni tasdiqlangan “2022 yil 1-yarmi davomida Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlarida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan maxallalar, tumanlarda “Maxallabay” tizimida profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabullarning rejasi ijrosi”ga asosan 2022 yil 22 yanvar kuni Beshariq tumanida bir qator targ‘ibot tadbirlari hamda sayyor qabullar o‘tkazildi.
Xususan, 2022 yil 22 yanvar kuni soat 1000dan 1200ga qadar Beshariq tumani Adolat MFY binosida Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari B.Vaxobov, Farg‘ona viloyat sudi sudyasi U.Xo‘jaqulov, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi E.Ortiqov, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining raisi E.Ismoilov, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov va sudyasi N.Salomovlar tomonidan alohida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Xususan, Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari B.Vaxobov tomonidan 2 nafar , Farg‘ona viloyat sudi sudyasi U.Xo‘jaqulov tomonidan 5 nafar, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi E.Ortiqov tomonidan 2 nafar, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining raisi E.Ismoilov tomonidan 3 nafar, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov tomonidan 1 nafar va sudyasi N.Salomov tomonidan 1 nafar fuqarolar qabul qilidi.
Murojaatlaning 4 tasi qanoatlantirildi hamda 10 nafar fuqarolarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.