Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak?

 2022-02-08 19:38:11    216

PDF yuklash
Chop etish


1969 yili 11 iyul -shu sanada Birlashgan Millatlar Tashkilotining reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish, aholi holatini o‘rganish bo‘yicha aholishunoslik fondi (UNFPA) tashkil etilgan edi. O‘zbekistonda ham 2023 yil kuzida o‘tkazilayotgan yirik miqyosli tadbir — aholini ro‘yxatga olish bo’lib o’tadi.

Aholini ro‘yxatga olish aholini ro‘yxatga olish muayyan vaqt ichida mamlakatdagi barcha shaxslarga taalluqli demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotni to‘plash, birlashtirish, baholash, tahlil qilish va tarqatish jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi eng ishonchli manba hisoblanadi.

2019 yil 5 fevralda «O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilingan. Mazkur tadbirni amalga oshirishda joylarda komissiyalar ish boshlagan, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining qariyb 40 foizi bevosita aholi bilan bog‘liq. Shu bois aholini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatning rivojlangan va orqada qolayotgan sohalarini, yutuq va kamchiliklarini ham aniqlashda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida ilk bor o‘z aholisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston hududida ilk bor aholini ro‘yxatga olish tadbiri 1897 yilda amalga oshirilgan. Unda mavjud aholi soni, yoshi, tarkibi, oilalar soni, etnik guruhlar, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlarini jamlash maqsad qilingan. Shundan so‘ng 1926, 1939, 1959, 1970, 1970, 1980 yillarda hamda eng oxirgi marta 1989 yilda aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

1989 yilda aholi soni 19 mln 700 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 33 mln.dan ortiqroqni tashkil etadi.

So‘nggi ro‘yxatga olish tadbiridan beri hozirga qadar demografik holat haqidagi ma'lumotlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlaridagi tug‘ilish va vafot etish ko‘rsatkichlari, Ichki ishlar vazirligi boshqarmalarining mamlakatga ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar haqidagi axboroti asosida yig‘ib kelingan.

Aholini ro‘yxatga olish ma'lum bir sanada O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash bo‘yicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining qay darajada amalga oshirilayotgani bo‘yicha monitoring yuritish bu statistik ko‘rsatkichlar muhim hisoblanadi. Xalqaro reytinglardagi mamlakatning o‘rni ham shu ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi. Butun dunyo bo‘yicha demografik ko‘rsatkichlarni qayd etishda ham hissa qo‘shadi.

Beshariq tumani statistika bo’limi yetakchi mutaxassisi                 A. Abduxamitov