Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

BESHARIQDA SAYYOR QABUL

×

 2022-02-14 15:35:21    179

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyat sudi raisi, Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi raisi, maxalla va oilani qo‘llab quvatlash boshqarmasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq Qabulxonasi mudiri tomonidan 2022 yil 07 yanvar kuni tasdiqlangan “2022 yil 1-yarmi davomida Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlarida jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko‘paygan maxallalar, tumanlarda “Maxallabay” tizimida profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabullarning rejasi ijrosi”ga asosan 2022 yil 12 fevral kuni Beshariq tumanida bir qator targ‘ibot tadbirlari hamda sayyor qabullar o‘tkazildi.

Xususan, 2022 yil 12 fevral kuni soat 1000dan 1200ga qadar Beshariq tumani Rapqon MFY binosida, Farg‘ona viloyat sudi sudyasi U.Xo‘jaqulov, Marg‘ilon shaxar tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi X.Boynazarov, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining raisi E.Ismoilov, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov va sudyasi N.Salomovlar tomonidan alohida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Xususan, Farg‘ona viloyat sudi sudyasi U.Xo‘jaqulov tomonidan 3 nafar, Marg‘ilon shaxar tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi X.Boynazarov tomonidan 1 nafar, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining raisi E.Ismoilov tomonidan 5 nafar, jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi F.Sobirov tomonidan 5 nafar va sudyasi N.Salomov tomonidan 3 nafar fuqarolar qabul qilidi.

Murojaatlaning 6 tasi qanoatlantirildi hamda 11 nafar fuqarolarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.


Nodir Salomov

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Beshariq tuman sudining sudyasi