Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARI VA FAXRIYLARINING MODDIY TA’MINOTINI YAXSHILASH HAMDA YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
2022-06-22 14:16:35 181
Ikkinchi jahon urushi faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ushbu fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari o‘rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (bugungi kundagi BHM - 300 000 so’m) qo‘shimcha to‘lov to‘lab boriladi;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar o‘rniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida to‘lanadigan kompensatsiya joriy etiladi.
Bunda, qo‘shimcha to‘lov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan pensiyalarni va nafaqalarni tayinlashga mas’ul bo‘lgan tashkilotga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Belgilansinki, kompensatsiya va qo‘shimcha to‘lovlar mazkur bandda keltirilgan shaxslarga, ularning pensiyalari va nafaqalari to‘lanadigan tartibda to‘lanadi.