Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti

×

 2022-12-28 18:41:20    241

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, xususan, soliqtizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ham soliq tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim o‘zgarishlarni belgilab berdi.

Xususan, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qolishi kutilayotgan – “Mahalla budjeti” tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek,  tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab turli soliq stavkalari qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda. Misol uchun, sharoiti eng og‘ir bo‘lgan respublikadagi 20 ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Bundan tashqari, biznesga soliq yukini kamaytirish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilmoqda.

Shu bilan birga Prezidentimiz Murojaatnomada davlat idoralari tadbirkorlarga servis xizmati ko‘rsatishi lozimligi va yangi yilda mazkur jarayon bo‘yicha baholash tizimi joriy etilishini aytib o‘tdi.

Albatta, davlat soliq xizmati organlari ham “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Shu maqsadda Beshariq  tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022-yil davomida Beshariq tuman DSI tomonidan 1583 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 466 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.