Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Yangi O‘zbekiston-yangi sud" tamoyili asosida odil sudlovga erishish yangi bosqichda.

×

 2023-01-31 15:25:22    311

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda mamlakatimizda kuzatilayotgan islohotlarning eng jadallik bilan va o‘z samarasini berayotganligini bevosita ko‘rishimiz mumkin. Ularning orasida sud hokimiyati, uning mustaqilligini yanada ta'minlash masalalari, odil sudlovga erishish va jamoatchilik bilan sudlarni doimiy ishonchli aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar bugungi kundagi sud hokimiyati erishayotgan asosiy yutuqlarning tayanch ustuni sifatida baholanmoqda. Bugungi kunda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarida avvalo, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash kabi ustuvor vazifalar yotadi.

Muhtaram yurtboshimiz tomonidan 2023 yil 16-yanvarda qabul qilingan “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolati hamda odil sudlovni amalga oshirishdagi qonunchilik normalariga rioya qilinishini yanada kuchaytiradi. 

Shu bilan bir qatorda 2023 – 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi  tasdiqlandi. Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi:

tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtiriligan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;

yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash.

Shuningdek, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning havotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilib, sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi choralar belgilandi:

sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;

sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan ta’sirchan mehanizmlarni joriy etish;

odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo‘yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish;

sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishiga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yilishini belgilash;

jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual xarakterga ega bo‘lmagan, huquqiy tushuntirish berish borasidagi masalalar bo‘yicha murojaatlarini adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Sud tizimi oldida turgan dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Oliy sud tuzilmasi takomillashtirilib sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil etish belgilandi. Aytib o‘tish joizki, fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini ta’minlash sohasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini o‘rganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha ham bir qancha vazifalar belgilandi.

Axborot-kommunikatsiya monitoringi – Vaziyatlar markazi tashkil etilib, respublika bo‘yicha barcha sudlarda ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq vaziyatni onlayn tahlil qilish, sudlarda aholining murojaatlari bilan ishlash hamda ishlarni ko‘rishda protsessual tartib va muddatlarga rioya etilishini monitoring qilib borish, ishlarni viloyat, tuman (shahar), mahalla kesimida toifalarga ajratgan holda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni tahlil qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, nizolarni bartaraf etishga qaratilgan ma’lumotlarni tayyorlash ham takomillashtiriladigan bo‘ldi.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi negizida Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi  tashkil etilib, sudlar matbuot xizmatlarining asosiy vazifalari etib, sud faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish, sudlar faoliyatiga doir axborotlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini tahlil va prognoz qilish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Xulosa sifatida shuni taʼkidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalardagi keng qamrovli islohotlar natijasi oʻlaroq, odil sudlovga ham  davlat darajasida ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda bo‘lgani kabi bizning davlatimizda ham sud huquq masalalari  dinamik xarakterga ega boʻlgan sohalardan biri hisoblanib, har 3-4 yilda maʼlum darajada yangilanish xususiyatiga ega. Shu oʻrinda, bugungi kunda mazkur sohada mavjud ayrim kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etib borilsa, nisbatan qisqa muddatlarda mamlakatimizda ushbu sohaga oid ko‘plab yutuqlarga erishish mumkin. Shu o‘rinda aytish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va ushbu farmonda ko‘rsatilgan sud sohasiga oid ustuvor vazifalar jamiyatda qonun hamda adolat ustuvorligini ta’minlash orqali inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilishga qaratilgan desak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudinining sudyasi F.A.Xatamkulov