Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Fuqarolar“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” tashabbusi jamg‘armasi”

×

 2023-10-09 18:42:09    247

PDF yuklash
Chop etish



Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qaroriga asosan, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish maqsadida, Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi

QAROR QILADI

  1. 1.               Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori asosida joriy yilning 18martidan 7-apreliga qadar o‘tkazilgan uch bosqichdan iborat jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni natijalari bo‘yicha Beshariq tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i X.Isroilovning hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llabquvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qaroriga asosan, Beshariq tumaniga har biri 2 ming tadan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 5 ta takliflarni moliyalashtirish uchun 5 mlrd 450 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. 2.               Ishchi guruh xulosalariga asosan, Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashining 2022-yil 5-oktabr kungi VI-70-124-11-153-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qaroridan kelib chiqib, “Ochiq budjet” axborot portalida eng ko'p ovoz olib, avtomatik tarzda g‘olib sifatida tanlab olingan hamda har biri 2 mingtadan ortiq ovoz to‘plab g‘olib bo‘la olmagan takliflar “g‘olib” deb topilsin.

Ushbu takliflarni moliyalashtirish bo‘yicha “Manzilli ro‘yxat” ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda ijro uchun qabul qilinsin. Bunda,

jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha

tuzilgan shartnomaga ishlar hajmining ko‘payishi yoki loyihaning o‘zgartirilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik;

jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga

yo‘naltiriladigan tuman budjeti mablag‘lari tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi taqiqlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llabquvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qaroriga asosan, jihozlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishning oxirgi muddati iyul oyi hamda qurilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishning oxirgi muddati avgust oyi belgilab qo‘yilsin.

  1. 3.         Tasdiqlangan Manzilli ro‘yxat asosida:

Beshariq tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (X.Isroilov) tanlab olingan tadbirlarni moliyalashtirilishini ta’minlash maqsadida, buyurtmachi tashkilotlariga tegishli mablag‘ manbasi bo‘yicha (4017) “Fuqarolar tashabusi jamg‘armasi” maxsus hisob raqamlari ochilishini;

Beshariq tuman hokimligi hisobxonasi (T.Matmusayev) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tegishli buyurtmachi tashkilotlarga mablag‘lar yo‘naltirilishini;

Buyurtmachi tashkilotlar ajratilgan mablag‘larni loyiha-smeta hujjatlari asosida belgilangan tartibda maqsadli ishlatilishi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi va tuman hokimligi huzuridagi Ishchi guruhga ma’lumot kiritib borilishini ta’minlasin.

  1. 4.         Beshariq tuman hokimligining Axborot xizmati va Beshariq tumani

iqtisodiyot va moliya bo‘limi (X.Isroilov) bilan birgalikda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va “g‘olib” deb topilgan tadbirlarning moliyalashtirishi hamda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni “Ochiq budjet” portaliga joylashtirilishi va keng jamoatchilikka muntazam yoritib borilishini ta’minlasin.

  1. 5.         Beshariq tuman budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgantadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga Ishchi komissiya a’zolari shaxsan javobgarligi eslatib o‘tilsin.
  2. 6.         Mazkur qaror ijrosini ta’minlash va nazorat qilish komissiya a’zolarizimmasiga yuklatilsin.

 

 

                     Tuman hokimi                                             R.K.Jo'rayev


Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashining

2023 yil 14 apreldagi

VI-84-46-11-153-K/23-son qaroriga

1-ilova

Farg`ona viloyati bo`yicha Beshariq tumani kesimida "Tashabbusli budjet" loyihasining 2-mavsumi natijalariga asosan jamoatchlik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha tavsiyaviy

 MANZILLI RO‘YXAT

 

 

G‘olib taklif ma’lumotlari

Amalga

oshirishning aniqlangan qiymati

Xaqiqatda ajratilgan mablag`

Buyurtmachi

etib belgilangan tashkilot

Taklif ID raqami

Taklif turkumi

Qisqacha mazmuni

Tadbirlarning manzili (Joylashgan

MFY nomi)

Amalga

oshiriladigan tadbir turi

To`plagan ovozlari soni

1

00123529011

Ichki yo`llarni (piyodalar yo`lakchasi, yo`l o`tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog`liq tadbirlar

Yangi Qo‘rg‘on MFY

O‘rikzor ko‘chasini 1800 m,

Sahovat ko‘chasini 1000 m, Yangi qo‘rg‘on 2 ko‘chasini 900 m qismini asfaltlash. Umumiy 3700 metr

Beshariq tumani

Yangiqo`rg`on

MFY

Qurilish-ta’mirlash

14737

1 200

1 200

Farg`ona mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati DUK

2

0018385011

Ichki yo`llarni (piyodalar yo`lakchasi, yo`l o`tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog`liq tadbirlar

Yangi Qashqar MFY ga qarashli Yangi Guzar ko`chasini 1300 metr, Boy ko`chasini 1800 metr, O‘zbekiston ko‘chasini 250 metr qismlarini asfaltlash

Beshariq tumani

Yangi Qashkar

MFY

Qurilish-ta’mirlash

15275

1 200

1 200

Farg`ona mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati DUK

3

0014663011

Ichki yo`llarni (piyodalar yo`lakchasi, yo`l o`tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog`liq tadbirlar

Dehqonto‘da MFY Dilkash, Hovubo‘yi va Gulzor ko‘chalari ichki yo‘llarini asfaltlash

Beshariq tumani

Dehqonto`da

MFY

Qurilish-ta’mirlash

14978

1 200

1 200

Farg`ona mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati DUK

 

4

0017195011

Musiqa va maktabdan tashqari tashkilotlarni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Beshariq tumani Madaniyat markazini tomosha zalini ta’mirlash axoli uchun qulay xolatga keltirish uchun

Beshariq tumani

Dala-X.Olimjon

MFY

Qurilish-ta’mirlash

14197

1 200

1 200

Yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi

(GUKS)

5

0014695011

Ichki yo`llarni (piyodalar yo`lakchasi, yo`l o`tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog`liq tadbirlar

1-maktabning Buloqboshi,

Boy, Chorbog` hamda Dala Xamid Olimjon MFY hududidan qatnab o`qiyotgan o`quvchilar maktabga aylanma yo`l orqali kelishilarida noqulayliklar bo`lmoqda.  Ushbu hududdagi o`quvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoatchilik texnikumi yon va ichki kismidan hamda tumani hokimligining yon qismidan yo`l ochish,  tuman istirohat bog`i ichidan maktabga olib kiruvchi yo`llarni ta’mirlash hamda zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o`rnatish.

Beshariq tumani

Dala-X.Olimjon

MFY

Qurilish-ta’mirlash

14118

1 200

1 200

Farg`ona mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati DUK

6

0017106011

Axoli dam olish maskanlarini ta’mirlash yoki moddiy-texnik bazasini

rivojlantirish bilan bog`liq tadbirlar

Mashhadi maydon ziyorotgohini yangitdan ta’mirlash uchun

Beshariq tumani

Chorbog` MFY

Qurilish-ta’mirlash

18001

1 200

1 200

Yagona buyurtmachi injinering

kompaniyasi

(GUKS)

 

7

00114796011

Mahalla guzari (mahallada umumfoydalanishda bo`lgan boshqa ob’yektlar) ni ta’mirlash-tiklash bilan bog`liq xarajatlar

Beshariq tumani Do`stlik MFY maxalla idorasini yangitdan qurish. Xozirgi kunda maxalla yig`ini xodimlarini ishlashlari uchun bino yo`q ijarada o`tiramiz

Beshariq tumani

Do`stlik MFY

Qurilish-ta’mirlash

2477

950

950

Yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi

(GUKS)

8

0017852011

Ichki yo`llarni (piyodalar yo`lakchasi, yo`l o`tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog`liq tadbirlar

Sobirtepa MFY Yangi Dasht ko`chasining 3000 metriga asfalt qoplamasini yotqizish.

Beshariq tumani

Sobirtepa MFY

Qurilish-ta’mirlash

4752

900

900

Farg`ona mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati DUK

9

00123009011

Boshqa ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Beshariq tumani 2-son kasb hunar maktabi tasarrufidagi avtomabillarni boshqarish o`quv mashq amaliyoti maydonini tamirlash ishlari

Beshariq tumani

Shaytonko`l MFY

Qurilish-ta’mirlash

13367

1 200

1 200

Yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi

(GUKS)

10

00137448011

Boshqa ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Beshariq tuman 1-son kasbhunar maktabida  o`quvchi va o`qituvchilar  uchun yengil konstruktsiyali  zamonaviy faollar zali va oshxona qurish (2 qavatli 1 qavat oshxona,2 qavat faollar zali)

Beshariq tumani

Yangi Xayot

MFY

Qurilish-ta’mirlash

6254

1 200

1 200

Yagona buyurtmachi injinering

kompaniyasi

(GUKS)

11

00136226011

Ichki yo`llarni (piyodalar yo`lakchasi, yo`l o`tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog`liq tadbirlar

Kulolobod MFYning

Bayram, Baynalminal, G`allakor, Konzor, Kulol ko`chalarini 3 ( uch ) km qismini asfaltlash orqali o`quvchi yoshlar hamda aholi qatnovi uchun qulayliklar yaratish.

Beshariq tumani

Kulalobod MFY

Qurilish-ta’mirlash

2055

1 200

1 200

Farg`ona mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati DUK