Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Aholini ro‘yxatga olish markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi

×

 2023-12-18 15:26:22    155

PDF yuklash
Chop etish


Mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘la va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’RQ- 611-sonli qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga asosan aholini ro‘yxatga olish jarayoni davriylik-aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkazilishi, umumiylik va bir paytdalik-aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni barcha respondentlardan yig‘ish O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning o‘zida amalga oshiriladi, ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi-shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yhatga olish varag‘i har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldiriladi, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi-aholini ro‘yhatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi, aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi–O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, aholini ro‘yxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshirilishi kabi tamoyillariga tayanadi. Bundan tashqari mazkur qonunning 3-moddasiga asosan,

aholini ro‘yhatga olish—O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni,

aholini ro‘yxatga olish sanasi—aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish amalga oshiriladigan aniq payt (yil, oy, kun va soat),

respondentlar — aholini ro‘yxatga olish sanasida O’zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari,

ro‘yxatga olish varag‘i — ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yozib olish uchun belgilangan shakldagi blanka,

ro‘yxatga olish hujjatlari — aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayoniga taalluqli hujjatlar majmui,

ro‘yxatga oluvchi xodimlar — O’zbekiston Respublikasining aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rishga va uni o‘tkazishga jalb etilgan, maxsus o‘quvdan o‘tgan voyaga yetgan fuqarolari,

uy xo‘jaligi — bitta turar joyda yoki uning bir qismida birgalikda yashaydigan, o‘zini yashash uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlaydigan, umumiy xo‘jalik yuritadigan, pul mablag‘larini to‘liq yoki qisman birlashtiradigan va sarflaydigan shaxslar yig‘indisi. Bu shaxslar qarindoshlik munosabatlarida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Uy xo‘jaligi bitta shaxsdan iborat bo‘lishi mumkin kabi asosiy tushunchalardan iboratdir.