Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Sudyalarning mustaqilligini taminlash usullarini va takomillashtirishning ayrim masalalari.

×

 2024-01-25 08:48:11    189

PDF yuklash
Chop etish


Sud tizimida bugungi kunda sudyalarning mustaqilligi eng dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Bu sohani rivojlantirish uchun izlanish va o‘rganishlar natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati shundaki,
mazkur maqola orqali tadqiq etilgan kamchiliklar, bildirilgan takliflar hamda xulosalar kelgusida sud - huquq tizimi hamda sudyalar mustaqilligini ta’minlash usullarini yanada takomillashtirish hamda mavjud boshqa kamchiliklarni bartaraf etishda fikr yuritiladi. Bundan tashqari, sudyalarning mustaqilligi ularning moliyaviy jihatdan ta’minlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi xalqaro tajribadagi ijobiy xususiyatlarni tadqiq etish hamda ularni milliy qonunchiligimizga moslashtirish xususida takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.

Sudlarning mustaqilligi O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida” gi qonuni 1-moddasida ham belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari sudlar mustaqilligni ta’minlashning ahamiyatini anglagan holda tashkiliy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumyurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini o‘tkazish kabi yangi tizimlarning joriy qilinishi orqali so‘nggi yillarda sudyalar mustaqilligini amalga oshirishni kafolatlovchi mexanizm ishga tushirildi. “Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri - sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir.

Mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hisoblanadi. Oʻtgan yillar davomida sud hokimiyatini mustaqil tarmoq sifatida tashkil etish, uni oʻtmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Maʼlumki, mamlakatimizda oxirgi yillarda xalqaro reyting va indeksdagi oʻrnini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Soʻnggi yillar davomida Oʻzbekiston nufuzli xalqaro reyting va indekslarning qonunchilik va sud-huquq tizimlari samaradorligi boʻyicha tuziladigan indikatorlarda barqaror oʻsish kuzatilmoqda. Sud hokimiyatining mustaqilligi mamlakat Konstitutsiyasi, qonunlari va siyosati tomonidan kafolatlanishi kerak va amalda ijroiya hokimiyati, uning idoralari va vakillari tomonidan, shuningdek hokimiyatning qonunchilik tarmogʻi tomonidan bajarilishi zarur. 

Barcha davlat muassasalari sud hokimiyati qarorlarini hurmat qilishi va ularga rioya qilishi, sud hokimiyatining individual mustaqilligi sudyalarning boshqa davlat va nodavlat tuzilmalar hamda ularning mansabdor shaxslaridan, oddiy fuqarolar va hattoki, bir sud doirasidagi sudyalar yoki yuqori instansiya sudyalaridan mustaqilligini anglatadi. 

Sudlarning mustaqilligiga daxl qiluvchi quyidagi omillarni keltirib oʻtishimiz mumkin. Sudyalikka nomzodlarni tayinlash boʻyicha vakolatli boʻlgan Sudyalar oliy kengashi organi tarkibida ijro hokimiyati organlarning vakillari mavjud boʻlib, bu esa mustaqil sudyani tayinlashda xalqaro standartlarga mos kelmaydi. Sudyalikka nomzodlarni tayinlashda ijro hokimiyati organlarning vakillarini qatnashmasligini taʼminlash, sudyalarning mustaqil faoliyat olib borishlari uchun ichki taʼsirlardan ham himoya qilinishi, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal ravishda joriy etish lozim.

Shuni ham aytish joizki, hozirda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlari lozim darajada boʻlmaganligi sababli sudlarda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, fuqarolarga interfaol huquqiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ishlar talab darajasida emas.

Xulosa sifatida, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalardagi keng qamrovli islohotlar natijasi oʻlaroq, odil sudlovga ham davlat darajasida ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mazkur sohada mavjud ayrim kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etib borilsa, nisbatan qisqa muddatlarda mamlakatimizda ushbu sohaga oid ko’plab yutuqlarga erishish mumkin. Shu o’rinda aytish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va ushbu farmonda ko‘rsatilgan sud sohasiga oid ustuvor vazifalar jamiyatda qonun hamda adolat ustuvorligini ta’minlash orqali inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilishga qaratilgan desak, maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Elyorjon Ismoilov

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

O‘zbekiston tumanlararo sudi raisi